Get Mystery Box with random crypto!

Tanganing ikki tarafi bor... Biron bir sayt/tizim buzib kiril | Zerikishdan :)

Tanganing ikki tarafi bor...

Biron bir sayt/tizim buzib kirilganda doim buzib kirilganni izlanadi, buzib kirilgan o'zidan havotirda ehtiyot chorasini ko'rib yuradi, chunki u buzg'unchi, unga nisbatan jinoyat kodeksida tegishli moddalar bor - bu tanganing birinchi tomoni (eng ko'p ishlatilib, teginaverilgandan hammani ongiga singib qolgan joyi)

Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor, ya'ni Jinoyat kodeksining 278¹-moddasida belgilab qo'yilgan

(Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa)

qoidalarga ko'ra faqat buzib kirgan emas, tizim ximoyasini ishlab chiqquncha sovuqqonlik bilan qaragan yoki boshini qotirishni xoxlamagan odam(lar) ham javob berishlari kerak.

Gapimning yakunida shuni aytmoqchimanki biror tizim yoki saytni buzilganini eshitganda "iye biz qilgan ishni buzib ketishibdi, endi sozlashga pul so'rayman" deb o'ylash kerak emas. Javobgarlikka tortilib qolishdan ehtiyot bo'ling.

P.S. uzundan uzun fikrlar kelayaptiyu vaqt topganimda yozib qolarman. O'zingizni asrang do'stlarim.