Get Mystery Box with random crypto!

#jon_abituriyentlar 'Imtihon yaqinlashgani sayin hamma abitur | "Zeboxon Ziyo "Mashhura Obidova biologiya va kimyo.

#jon_abituriyentlar

"Imtihon yaqinlashgani sayin hamma abituriyentlar Xudojo‘y bo‘p qolishadi" , - degan edi ustozim (Aziz aka).

Haqiqatan, imtihon yaqinlashishi bilan ba’zi o‘quvchilarimiz muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishga, juma namozlariga (namozga chiqmaydilar) chiqishga tushib qolishdi (afsus, ro‘za ham o‘tib ketdi-da ).

Jon o‘quvchilar! Farz namozlari biror hojatni Allohdan so‘rash uchun o‘qilmaydi, Alloh buyurgani uchun o‘qiladi. Zotan, farzdan tashqari tahajjudlarda so‘ralishi mustasno. Ziyoratgohlarga biror hojat so‘rab bormang, shirk amal qilib qo‘yishingiz mumkin. O‘limni eslash uchun qabrlar ziyorat qilinadi. Zangi buvani ruhi sizga hech qanday yordam berolmaydi!

Xulosa shuki, yomg‘irda o‘zi uchun yomg‘irpo‘sh (zontik) tutmagan odam shalabbo bo‘lganidek, siz olgan ilm sizga yomg‘irpo‘sh bo‘ladi. Ya’ni yil bo‘yi darslarga yuzaki qarab, ko‘chirib yurib, qizlar bilan kechasi bn "sevishib", issiqda dachalarni gullatib, bo‘sh vaqtda PUBGni gazini berib yurgan bo‘lsangiz, mo‘jiza kutmang, yuqori natija chiqishi qiyin. Alloh harakatingizga yarasha xayrlisini beradi.

Bekmurod Tolib o‘g‘li