Get Mystery Box with random crypto!

FOYDАLI MАLHАM Malhamning nomi: Bugundan boshlab siqilmang! | 𝓤𝓼𝓶𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪•🌷

FOYDАLI MАLHАM

Malhamning nomi:
Bugundan boshlab siqilmang!

Tarkibi:

«Laa ilaaha illa Аnta Subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn». (Sendan oʼzga Iloh yoʼq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʼldim.)

Qoʼllash uslubi:

Sajda qilgan holda oʼqilsa, taʼsiri aʼlo boʼladi.

Taʼsir darajasi:

«Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga gʼamdan najot berdik. Moʼminlarga shunday najot berurmiz»
(Аnbiyo: 88 - oyat).

Xos xususiyatlari:

Boshqa dorilardan farq qiladi. Qalbga xotirjamlik bagʼshlaydi. Xafachilik, qoʼrquv, tashvish, asabiylikni ketkazadi.

Isteʼmol qilish vaqti:

Zulm, qahr, gʼamni sezganda qoʼllaniladi, natijada qalbdan hayot mashaqqatlarini siqib chiqaradi.

Davolash muddati:

Toʼxtovsiz aytilsa, inson faqat va faqat foyda koʼradi. Zarari haqida gap - soʼz boʼlishi mumkin emas.

Muhim Eslatma:

Bu malhamni boshqalarga ham isteʼmol qilishlarini tavsiya qilingiz va ulashsangiz, oʼzingizga foydasi tegadi.