Get Mystery Box with random crypto!

#opinion Kechagina eng yaqin insonlaringdan biri bo‘lgan o | Zebo's Blog🔇

#opinion

Kechagina eng yaqin insonlaringdan biri bo‘lgan odamni bugun taniy olmay qolasan ba'zida.
"Man shu bilan shuncha paytdan beri dugonamidim, shu meni yaqinimmidi, qanaqa qilib shuncha payt birga yurdim?" deb hayron bo‘p qolaman.
Qiz bola qizbolaga hech qachon do‘st bo‘midi degan gapni ko‘p eshitganman. Kichikinaligimizdan opam aytardi: "Zuhra bilan san eng yaqin do'stsan bir-biringga, boshqa hech kim do‘st bo‘midi silarga" deyardi. Shu gap to‘ppa-to‘g‘ri ekanligiga mana bugun yana bir marta guvoh bo‘ldim. Eng yaqin dugonam, o‘zimni ikkinchi egizagim deb yuradigan insonimni mana bugun taniy olmayapman... Vaa nima bo‘lsayam ko'ngil sovub ketmasin deya, bir og'iz ham gapirmiman. Lekin aniq bilaman endi hech qachon oldingidek bo‘lolmimiz...

Allohga behisob shukur bizni egizak qilib yaratgani uchun, agar Zuhra bo'lmaganida nima qilardim?
Yolg'iz qolardim... Biror bir ishongan dugonam qolmasdi.
Endi hech kimga hech qachon ishonmiman. Hech kim manga do‘st emas. Zuhra va opamdan boshqa. Ular shunchaki sohta dugonalar yonimda.

Sizlarga bitta zo'r maslahat aytaman. Kimnidir asl yuzini bilmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha odam bilan bir marta urshib ko‘ring. Shunda bilasiz qanaqa ekanligini.

Oxirgi marta qachon yig'laganimni eslomasdim. Lekin kecha yig‘ladim. Zuhrani borligi uchun shukur aytib yig‘ladim. Vaa bir narsani aniq bilaman, agar unga biror narsa bo‘lsa man bu hayotta yasholmiman. Manam o‘sha kun o‘laman...