Get Mystery Box with random crypto!

#sizga Ayol erining ko‘nglini qozonishi uchun, davomli muhab | Jannatiy Zavjam ❤️

#sizga

Ayol erining ko‘nglini qozonishi uchun, davomli muhabbatga sazovor bo‘lishi uchun qaysi so‘zlarni aytib turishi kerak?!

1. Sizni sevaman
2. Siz juda mehribonsiz
3. Siz men uchun o‘rnaksiz
4. Siz bola tarbiyalashni mendan ko‘proq tushunasiz
5. Siz bo‘lmasangiz menga qiyin bo‘ladi
6. Siz mendan kuchlisiz
7. Sizdan haybatlanaman
8. Siz juda ham g‘amho‘rsiz
9. Siz hamma narsani eplaysiz
10. Siz bilan men baxtliman
11. Siz bilan Jannatda ham birga bo‘lishni xohlayman

Ana shu so‘zlarni o‘rnini topib aytib tursangiz, eringiz bilan o‘rtangizdagi aloqalar yaqin bo‘ladi, mustahkamlanadi.

Ehtimoliy holat:
Endi eringizni maqtayman deganingizda, sizni shayton bu ishdan qaytarishi mumkin. Sababi, u sizning holatingizga qarab bunday qilib vasvasa qiladi:
«Bu gaplarni aytma. Taltayib ketadi, o‘zidan ketib qoladi, seni tushunmaydi, g‘azab qiladi».

Lekin mal’unning gapiga ta’sirlanmang.
Erkak kishi shirin so‘zning gadosi ekanligini yodingizdan chiqarmang!

Ko‘chadagi ayollarga ular nima uchun mehr berishadi, talpinishadi?
- Ayni shunday gaplarni gapirib ularning ko‘ziga fazilatli va jozibador bo‘lib ko‘ringanlari uchun...

Erkak kishi sizdan davomli e’tibor va mehr olsa-yu, bir kun mehr berishdan to‘xtab qolsangiz, eringizni o‘zi sizdagi mehrni izlashga tushadi va u ham harakat qila boshlaydi.

Ko‘rdingizmi?
Ko‘p narsa o‘zingizga bog‘liq!