Get Mystery Box with random crypto!

#sizga Ba'zi ayollar turmush o'rtog'i u bilan ko'p suhbatlas | Jannatiy Zavjam ❤️

#sizga

Ba'zi ayollar turmush o'rtog'i u bilan ko'p suhbatlashmasligidan shikoyat qiladi. Ulfatlari bilan tuni bilan gaplashib chiqishga gap topgan erkak negadir ayoli bilan suhbatga gap topmaydi-a? Balki buning sababi qiziqishlar turlicha bo'lgani, juftlik bir-birini yaxshi bilmagani sababidandir?..
Turmush o'rtog'ingiz bilan uzoq suhbatlashgingiz kelsa, u yoqtirgan mavzuda so'z oching, uni chin dildan tinglay biling, uni tushuning. Siz uning qiziqishlariga bee'tibor bo'lsangiz yoki u qilgan va'z-nasihatiga amal qilmasangiz, u sizga gapirgisi kelmay qolishi mumkin. U ulfatlari bilan nega uzoq suhbatlashadi? Chunki u yerda uni tinglashadi, diqqat qilishadi, gapirgan gapi uchun koyishmaydi, hadeb e'tiroz qilaverishmaydi... Agar shunday bo'lmasa, ulfatlari bilan ham ko'rishmaydi. Shuningdek, ayol faqat muammo, kamchiliklardan gapiraversa ham er bezib qoladi, suhbatlashgisi kelmaydi.
Juftingizning fikrlarini hurmat qiling, e'tiroz bildirishga tog'ri kelsa, darrov gapirmang, ikkita yaxshi gap orasida bitta e'tiroz qo'shing. U bir narsa deganda ochiqchasiga qarshi chiqsangiz, keyin sizga gapirgisi kelarmidi...