Get Mystery Box with random crypto!

Men arab tilini oʻrganishga juda qiynalganman. Toʻrt yil madra | Zarvaraq

Men arab tilini oʻrganishga juda qiynalganman. Toʻrt yil madrasa, toʻrt yil Ma’hadda oʻqidim. Hozir magistratura bosqichida ham arab tili yoʻnalishidaman.

Men uchun dastlabki bir yarim yil juda qiyin oʻtgan. Shuncha vaqt oʻtsa ham arab tili borasida qoniqarli natijaga erisha olmagandim. Toʻgʻri, madrasa darsliklarini oʻzlashtirishim yaxshi edi, baholarim a’lo boʻlgan, lekin bir yildan keyin ham arab tilidan erkin tarjima qila olmasdim. Bir tilni oʻrganish uchun esa bu juda katta muddat.

Keyinchalik oʻrganib ketdim, lekin menda arab tilini oʻrganish juda qiyin degan taassurot qoldi. Grammatika darslaridan bezillab qoldim. Arab tilidan hech qachon dars bermasam kerak deb oʻylardim. Shu sabab arab tili kurslarida dars berish borasida kelgan barcha takliflarni rad qilardim.

Shuningdek, bizdagi aksar kurslarda faqat boshlangʻich arab tilidan dars berilishi, grammatika darslari ham nisbatan qiyinroq uslubda olib borilishi, oʻquvchidan bemalol tarjima qila olishi uchun kamida bir yil yoki undan-da koʻproq vaqt soʻralishi kabi sabablar ham kurslarda dars berishdan toʻsib keldi.

Ammo yaqindagina bu istak qayta uygʻondi. Bunga sabab esa bir akamizning arab tilini oʻrgatish borasida yangi dastur ishlab chiqqani boʻldi. Bu uslubda oxirgi yillarda bir qancha talabalar oʻqigan va juda qisqa muddatda yaxshi natijalarga erishilgan, ya’ni yangi dastur sinovdan oʻtib boʻlgan.

Bu uslubga koʻra arab tilidan mustaqil oʻqib tarjima qila oladigan holatga kelish uchun oʻquvchidan uzogʻi olti oy vaqt soʻraladi. Ammo tajribada toʻrt oyda ham yaxshi natijaga erishilgan. Bu dastur orqali B2 sertifikatini qoʻlga kiritganlar esa juda koʻp. Hozircha dastur haqida shularni ayta olaman. Batafsil ma’lumotni rasmiy ochilishdan soʻng e’lon qilamiz.

Xullas, yaqin doʻstlarimiz bilan birgalikda mazkur yangi uslubga asoslangan markaz ochishga qaror qildik. Hozircha hujjatlar, joylashuv va boshqa jihatlarni hal qilib boʻldik.

Markazimizni yaxshi niyatda “Sayyid academy” deb nomladik. 20-avgustdan keyinroqqa rasmiy ochilish marosimini ham oʻtkazamiz, lekin ungacha ham qabulni boshlab turmoqchimiz. Sababi bir qancha talabalar tezroq dars boshlanishini soʻrashdi va ularni zoʻgʻa bir haftagina ushlab tura oldik, xolos.

Ertaga kechki 17:30 da birinchi darsimizni boshlaymiz. Arab tilida oʻqishni biladigan, lekin hali grammatikaga oʻtmagan uch kishiga birinchi guruhimizda hozircha joy bor. Talabgorlar boʻlsa, Telegram orqali @Maktubuchun_bot’ga yozishlari mumkin.

Manzilimiz: Tinchlik metrosidan chiqib Koʻkcha tarafga taxminan 400 metr yurgandan soʻng oʻng tarafda joylashgan.

Moʻljal: “Lord eshiklari” doʻkoni, shu binoning ikkinchi qavatida bizning markaz joylashgan.

Mana bu havolani bosib, lokatsiyani koʻrishingiz mumkin.

Kunduzi 9:00 dan boshlab +998956060600 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

Alloh boshlagan ishimizni xayr-barakali, bizni esa insonlarga yaxshilikni ta’lim beruvchilardan qilsin!

@Iysoxon