Get Mystery Box with random crypto!

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyi | АСДП Зарбдор туман Кенгаши

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.

Bir necha oy davom etgan o‘rganishlar natijasida Bosh qomusga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi.

Mazkur qonun loyihasini referendumga qo‘yishdan avval deputatlar Konstitutsiyaning 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusiga ega sub’yektlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.

Shuningdek, mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi qayd etildi.

Maslahatlashuvlar davom etadi.