Get Mystery Box with random crypto!

Zarafshon Yangiliklar24

Telegram kanalining logotibi zarafshon_yangiliklar24 — Zarafshon Yangiliklar24 Z
Telegram kanalining logotibi zarafshon_yangiliklar24 — Zarafshon Yangiliklar24
Kanal manzili: @zarafshon_yangiliklar24
Toifalar: Yangiliklar , Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

⚡️Zarafshondagi muhim voqea-hodisalarni kanalimizda kuzatib boring
👥 @Zarafshon_Baraxolka

🌐 @Reklama_Zarafshon
Reklama va murojaat uchun:
👨‍💻 @Zarafshon_Admin
🤖 @ZY24bot
🌐 @ZARAFSHONIM - BIZNING LOYIHA

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 119

2022-04-28 00:52:01
Қадр кечасида Ғафлатда қолманг ибодатларни қилиб олинг...

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
733 views21:52
Ochish/sharhlash
2022-04-28 00:47:10
Шайх Алижон қори Мадинаи мунавварада халқимиз ҳаққига дуо қилдилар

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
656 views21:47
Ochish/sharhlash
2022-04-28 00:19:40
ҚАДР КЕЧАСИНИ ЎТКАЗИБ ЮБОРМАНГ!

Бугун Рамазон ойининг 27-кечаси.

Оиша разияллоҳу анҳодан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам: "Қадр кечасини Рамазоннинг охирги ўн кечасининг тоқ (кеча)ларидан изланглар" деганлар (Имом Бухорий ва Имом Муслим ривоятлари).
Қадр кечаси дуоси

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

"Аллоҳумма иннака аъфуввун кариймун туҳиббул аъфва фаъфу аънний".

"Аллоҳим, албатта, Сен кечиргувчисан, кечиришни яхши кўрасан. Гуноҳларимни кечиргин"
.

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
1.3K views21:19
Ochish/sharhlash
2022-04-27 22:21:57
Бундай фазилатли кеча ғаниматдир биродарлар

Абдуллоҳ домла

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
789 views19:21
Ochish/sharhlash
2022-04-27 22:12:05
МЕН СИЗДАН АЛЛОҲ УЧУН КЕЧИРИМ СЎРАЙМАН

МЕНИ АЛЛОҲ УЧУН КЕЧИРИНГ!

Лайлатул қадр кечаси гина-адоват, нафрат-аразлар, хафагарчиликлар унутиладиган, ҳамма бир-биридан розилик ҳамда кечирим сўрайдиган кечадир

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
829 views19:12
Ochish/sharhlash
2022-04-27 21:33:16
QADR KECHASI 1000 OYDAN YAXSHIROQDIR GʻAFLATDA QOLMANG

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
942 views18:33
Ochish/sharhlash
2022-04-27 21:24:27 QADR KECHASINI FOYDALI O‘TKAZISH UCHUN 25 TAVSIYA:

1. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug‘.

2. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

3. Bu kechani ibodat bilan o‘tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha mo‘minlar va mo‘minalar uchun istig‘for va duoni ko‘paytiring.

5. Butun a’zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo‘ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qo‘yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo‘lib, yuz rakatni tugatib qo‘yishni foydasi yo‘q.

8. Duo va ibodatda ixlosli bo‘lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lib rakatlarni ko‘paytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo‘lishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat bo‘lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo‘lishiga ishonmaslik duoning orasiga to‘siq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so‘rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko‘radi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig‘for ayting, U Zot sizni afv qilishini so‘rang.

14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko‘p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so‘rang (ya’ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a’fuvvun, tuhibbul a’fva fa’fu annaa” (ya’ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et”), duosini ko‘p ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni do‘zaxdan ozod qilishini ko‘p so‘rang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishini so‘rab duo qilish.

18. O‘tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a’yun”, (ya’ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko‘z quvochnchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga go‘zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda ko‘p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og‘irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoye ketkazmang, vaqtni g‘animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo‘ladi.

24. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish tong otgunicha davom etadi, o‘sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
1.0K views18:24
Ochish/sharhlash
2022-04-27 21:22:09
#ibratvaqti

Ko'pchilikni yig'latgan video. Bu qizcha shunaqa chiroyli ovozi bilan xammani lol qoldirdi

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
1.0K views18:22
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:43:02
Жаҳонгир Ортиқхўджаевнинг қабуллари қачонгача давом этади?

Ҳокимларга очиқ мастеркласс


➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
1.5K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:02:02 ​​​​ЭСЛАТМА! ЭНГ КЎП ТАРҚАТИНГ!!!

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «تَحَرَّوْا لَيْلَةَ الْقَدْرِ فِي الْوِتْرِ مِنَ الْعَشْرِ الْأَوَاخِرِ مِنْ رَمَضَانَ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ.

Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қадр кечасини Рамазоннинг охирги ўн кечасининг тоқ (кеча)ларида изланглар», дедилар».
Бухорий, Муслим, Термизий ривоят қилишган.

БУ ЙИЛГИ РАМАЗОН ОЙИНИНГ ОХИРГИ ТОҚ КЕЧАЛАРИ

21 КЕЧА:
21-апрелдан 22-апрелга ўтар кеча

23 КЕЧА:
23-апрелдан 24-апрелга ўтар кеча

25 КЕЧА:
25-апрелдан 26-апрелга ўтар кеча

БУГУН 27 КЕЧА:
27-апрелдан 28-апрелга ўтар кеча

29 КЕЧА:
29-апрелдан 30-апрелга ўтар кеча

Ҳар бир кеча шом намозининг азонидан бошлаб бомдод намозининг азонига қадар давом этади.

БУГУНГИ КЕЧА Рамазоннинг охирги ўн кечасининг тўртинчи тоқ кечаси яъни 27 кеча бўлиб ҳадисга биноан Қадр кечаси деб умид қилинади.

Аллоҳим барчаларимизга ушбу Қадр кечалари умид қилинадиган лаҳзаларни фойдамизга бўлмоқлигини насиб айласин

«Қадр кечаси минг ойдан кўра яхшидир». (Қадр сураси-3)

Бу тавсияни имкон қадар тарқатинг-ки, унга ким амал қилса савобига сиз ҳам шерик бўласиз!

Зотан Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламдан ривоят қилинган саҳиҳ ҳадисда:
«Ким яхшиликка далолат қилса унга ҳам амал қилганнинг ажридек бўлади»-, деганлар.
Ибн Ҳиббон ва Термизийлар ривоят қилишган.

Эй Роббимиз! Бизларга ЛАЙЛАТУЛ ҚАДРДА қоим бўлишликни насиб қил!


Жаннатда кўришишни хохлаган яқинларингизга юборинг, эслатинг...!

Бир чекада қолиб кетманг!

САВОБ УМИДИДА ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!! АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН!!!

➥ @ZARAFSHON_YANGILIKLAR24
1.6K views15:02
Ochish/sharhlash