Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston oltin qazib olishni yiliga 150 tonnaga yetkazmoqch | Zarafshon Yangiliklar24



Oʻzbekiston oltin qazib olishni yiliga 150 tonnaga yetkazmoqchi

Bu haqda togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari Omonulla Nasriddinxoʻjayev maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Yiliga 105 tonnaga yaqin tilla qazib olinadi. Yaqin rejalarimizda ishlab chiqarish hajmini 150 tonnaga yetkazish koʻzda tutilgan”, dedi u.

Shuningdek, u 2030 yilga borib uran qazib chiqarishni 2 baravar oshirib, 7 tonnaga yetkazish maqsad qilinganini aytdi.

@ZARAFSHON_Yangiliklar24