Get Mystery Box with random crypto!

Arab tilida علم (bilmoq) soʻzidan yasalgan va oʻzbek tiliga oʻ | Zamonaviy Ta'lim | التعليم الجديد📚

Arab tilida علم (bilmoq) soʻzidan yasalgan va oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar:
1. Ilm علم - bilmoq, bilim;
2. Olim عالم - biluvchi, bilimdon.
3. Maʼlum معلوم - bilingan, kimdir bilgan narsa;
4. Muallim معلم - bildiruvchi, bilim beruvchi;
5. Taʼlim تعليم - bilim berish, bildirish;
6. Maʼlumot معلومات - bilingan narsalar, “maʼlum”ning koʻplik shakli;
7. Alloma علامة - oʻta biluvchi.
8. Ulamo علماء - biluvchi, olim (aslida bu soʻz “olim” soʻzining koʻpligi - olimlar degani. Lekin, bizga koʻplik shakli birlik maʼnoni anglatadigan soʻz boʻlib oʻzlashgan);
9. Olam عالم - bilingan, yoki bilish mumkin boʻlgan borliq;
10. Alam علم - bildirib turuvchi, belgi, yaʼni bayroq. “Alambardor” degani “bayroqdor” degani.
11. Aʼlam أعلم - biluvchiroq. “Allohu aʼlam” iborasi “Alloh biluvchiroq” degani.
12. Alomat علامة - bildirib turuvchi narsa, belgi.