Get Mystery Box with random crypto!

'Sog'lom munosabatlar' tushunchasi har bir inson uchun har xil | Psixoterapiya

"Sog'lom munosabatlar" tushunchasi har bir inson uchun har xil va biz hammamiz o'z munosabatlarimizni o'zimiz xohlagancha quramiz. Ko'pincha, boshqa birovning oilasiga qaraganda, bizning munosabatlar normal emasdek tuyuladi...

Misol uchun, mening "eri tomonidan doimo xo'rlangan" bir tanishim bor edi. Qiz qiynaldi, asabiylashdi, kaltaklar yedi, ammo hali ham munosabatda qolgan. Nega chidadingiz deb so'rasam, "Boshqa nima qo'limdan kelardi? Men chidayman..." deb javob berdi. Bu uning tanlovi edi...

Ha, “ko‘nikdim, oilam, farzandlarim...” deb ayollarning o‘ziga nisbatan hurmatsizlik, xo‘rlash, kaltaklash, xiyonat qilishlariga qanchadan-qancha misollar bilamiz. Ayniqsa, bizning jamiyatda, xotin-qizlarga buyumdek munosabatda bo'lishlari, ularning pichoqlanib ketilishlari odamni yuragini zada qiladi...

Agar maqola yoqgan bo'lsa, izohlarda o'z fikrlaringizni , reaksiyalaringizni qoldiring, do'stlaringizga yuboring va o'zingiz uchun saqlab qo'ying.
@zamonaviy_psixologiya