Get Mystery Box with random crypto!

'Zamin' fondi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilm | Zamin Foundation

"Zamin" fondi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining "Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 5 yoshdan katta shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish" dasturi doirasida 2022-yilda 45 ta operatsiya, shu jumladan koxlear implantatsiya bo‘yicha 39 ta va suyak tovush o‘tkazuvchanligi bo‘yicha 6 ta amaliyotni bajarish rejalashtirilgan. Ular jahonning yetakchi otoxirurglari tomonidan amalga oshiriladi.

Dastur doirasida mahalliy mutaxassislar uchun professional mahorat saboqlari hamda ota-onalar uchun bolaning tiklanish davri bo‘yicha tavsiyalar haqida ma‘ruzalar bo‘lib o‘tadi.

Bunday amaliyotlar yo‘qotilgan eshitish qobiliyatini qayta tiklashga yordam beradi hamda keyinchalik bolaning har tomonlama bilim olishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.

Zamin | Facebook | Instagram