Get Mystery Box with random crypto!

'Zamin' fondi 'O‘zsuvta’minot' va Xalq ta’limi vazirligi bilan | Zamin Foundation

"Zamin" fondi "O‘zsuvta’minot" va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda G‘ijduvon tumanidagi 2, 32, 33, 34, 42-son maktablarda "Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" loyihasini yakunladi.

Ushbu beshta maktabda quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatildi. Tashqi va ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurildi. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orish suvi darajasigacha biologik tozalashning lokal tizimlari yaratildi.

Maktablar joylashgan aholi yashash manzillaridagi xonadonlar ham xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Zamin | Facebook | Instagram