Get Mystery Box with random crypto!

Ilm yo‘li – jannat yo‘li demakdir! Ilm olishga kirishgan har | "ZAMIN O'QUV MARKAZI"

Ilm yo‘li – jannat yo‘li demakdir!

Ilm olishga kirishgan har bir talaba avvalo qanday katta ishga qo‘l urayotganini chuqur his etishi darkor. Talaba ilm olishga kirishish bilan yuksak sharafga va oliy martabaga erishadi. Chunki har qanday ilm, agar qaysarlik qilinmasa, Allohni tanishga, Undan qo‘rqishga olib boradi. Shunday ekan talaba xoh diniy, xoh dunyoviy ilm izlamasin, Allohning huzuridagi yuksak martabalarga intilayotgan bo‘ladi.

Bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlarini eshitdim: “Kim ilm istab bir yo‘lda yursa, Alloh uni jannat yo‘llaridan biriga to‘g‘rilab qo‘yadi. Farishtalar ilm tolibi uchun qanotlarini pasaytiradilar. Albatta olim haqqiga osmonlar-u yerdagi, hattoki, suv ostidagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Haqiqatda olimning obiddan afzalligi badr kechasidagi to‘lin oyning boshqa yulduzlardan afzalligi kabidir. Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor va dirham meros qoldirmaganlar, balki ilm meros qoldirdilar. Kim uni olsa, merosdan to‘liq nasibasini olibdi”, dedilar”.

Ushbu hadisda ilm tolibi erishishi mumkin bo‘lgan yuksak darajalar haqida zikr qilinmoqda. Shunday ekan ilm izlayotgan kishi qiyinchiliklarga taslim bo‘lmay, bu yo‘lda bardavom bo‘lmog‘i darkor.

Manbalar asosida Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil tayyorladi

(c) Mezana

ZAMIN o'quv markazi.

@zaminedu
+998882580800