Get Mystery Box with random crypto!

Qurʼonga nisbatan qanday qilib farzandingiz qalbida muhabbat u | Zamaxshariy O'quv Markazi

Qurʼonga nisbatan qanday qilib farzandingiz qalbida muhabbat uyg‘otish mumkin?

– Ko‘z o‘ngida ko‘p-ko‘p tilovat qilishni odat qiling.

– Qurʼon ulug‘ ekanligini va uni yod olgan Allohning xos bandalari ekani haqida eslatib turing.

– Farzandingizga alohida o‘zi uchun Musʼhaf hadiya qiling.

– Qurʼon o‘qishni boshlaganda «ma shaa Alloh», “barokalloh”, deb – qiziqishini orttiring.

– Quʼron o‘qishni o‘rganganida tilovatini tasmaga yozib esdalik uchun saqlab qo‘ying.

– Suralarni to‘liq yod olganida kichik sovg‘alar bilan bo‘lsa-da quvontiring.

– Uyquga yotish vaqtida Qurʼondagi qissalardan aytib bering.

@zamaxshariyuz