Get Mystery Box with random crypto!

'Zakovat Quiz'ning navbatdagi o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tgan j | Zakovat Quiz

"Zakovat Quiz"ning navbatdagi o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar

"Zakovat Quiz"ning o‘n uchinchi o‘yini ertaga, 24-avgust, chorshanba kuni "Yoshlik" kafesida, soat 19:00da boshlanadi. Mo‘ljal: Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Ugolok" kafesi.

"Yoshlik" kafesi lokatsiyasi.

O‘yinda ishtirok etish - bepul.

Boshlovchi - Jobir Ahmedov.

Ro‘yxatdan o‘tishda kechikkan jamoalar zaxiraga yozib qo‘yildi. Ro‘yxatdan o‘tgan jamoalardan birortasi o‘yinga borolmasligini ma’lum qilgan taqdirda, joy bo‘shagani haqida zaxiradagi jamoalarga xabar beriladi.

Jamoa tarkibi 6 kishidan kam, 8 kishidan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Ushbu talabga rioya qilmagan jamoalar o‘yindan chetlatilishi mumkin.

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tgan jamoalardan o‘yinga kechikmasdan kelishlarini, o‘yinda qatnasha olmasliklari ma’lum bo‘lganda bu haqda ma’muriyatni ertaroq xabardor qilishlarini so‘raymiz.

@zakovatquiz