Get Mystery Box with random crypto!

'Zakovat' intellektual klubi jamoalarida yaxshi an'ana boshlan | ZAKOVAT klubi

"Zakovat" intellektual klubi jamoalarida yaxshi an'ana boshlanayotgan ko‘rinadi

Yuqoridagi suratda Bingo jamoasi logotipini ko‘rib turibsiz. Harflar dizaynining o‘ziga xosligi, shuningdek g harfining kapalaknusxa bo‘yinbog‘ taqqan bilimdon ko‘rinishida ishlangani logotipga ijodiylik va originallik baxsh etgan.

Shuningdek, jamoa o‘zi qatnashadigan musobaqalar uchun maxsus futbolka ham tayyorlatmoqda. Futbolkalarni Toshkentda o‘tkaziluvchi intellektual marafonda ko‘rsak ajab emas.

Jamoa logosi sizga yoqdimi? Munosabatingizni post ostidagi smayliklar orqali bildirishingiz mumkin.

@zakovatklubi