Get Mystery Box with random crypto!

#birozkayfiyat Bir qiz internetda oʻtirgan ekan, qoʻshni xola | Zakovat intellektual klubi

#birozkayfiyat

Bir qiz internetda oʻtirgan ekan, qoʻshni xola kirib:
— Qachon qarasam shu kompyutering oldida oʻtirasan. Nima qiziq narsalar bor bu yerda? - deb soʻrab qolibdi.
Qiz esa:
— Internetdagi "Google" ni sizga tushuntiraman. Mana qarang, nimani xohlasangiz topib beradi, - debdi.
Qoʻshni ayol ham qiziqib:
— Nima soʻrasam hamma-hammasini topib beradimi?
— Ha, xamma narsani topadi. Xohlasangiz mana yozib, izlab koʻring.
Qiz klaviaturani qoʻshni xolaga berib, oʻzi choy damlab kelib qarasa, ekranda shunday yozuvlar turgan ekan:
"Assalomu alaykum hurmatli Gugl aka! Iltimos, menga erimning 2-xotini qayerda yashashini topib bersangiz. Soqqasini beraman!"

Reaksiya qoldiring
@ZakovatGold