Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bo‘yicha sinxron tarzda tashkil etilgan 'O‘quvchila | ZAKOVAT | 1-DIMI

Respublika bo‘yicha sinxron tarzda tashkil etilgan "O‘quvchilar ligasi" kuzgi mavsum o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi.

Jami 10 ta tur davom etgan O‘quvchilar ligasining kuzgi mavsumida respublika bo‘ylab 400 ga yaqin maktab jamoalari o‘zara bellashdilar.

E‘tiborli jihati esa 400 ga yaqin jamoalar ichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi bo‘ldi.

G‘olib jamoa yaqin kunlarda "Zakovat intellektual klubi " NNT tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Namanganda joylashgan boshqa maktab jamoalarini qishdan start oladigan o‘quvchilar ligasiga taklif qilamiz.

Murojaat uchun Namangan viloyati Zakovat klubi bosh koordinatori: @Shavkatbek_Shokirov

Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_Zakovat