Get Mystery Box with random crypto!

'Kubik rubik' musobaqasi ishtirokchilari diqqatiga Musobaqa | Zakovat intellektual klubi

"Kubik rubik" musobaqasi ishtirokchilari diqqatiga

Musobaqa ishtirokchilaridan kelib tushgan ko‘p sonli arizalarni hisobga olib, 14-iyun kuni saralash bosqichi o‘tkazishga qaror qilindi.

Ro‘yxatdan o‘tayotganda 3x3x3 cube yo‘nalishini tanlagan ishtirokchilar saralash bosqichida 3x3x3 cube yo‘nalishida 1 daqiqadan kamroq natija ko‘rsatishlari talab etiladi, aks holda ular musobaqadagi ishtiroklarini to‘xtatishlariga to‘g‘ri keladi.

Saralashda 3x3x3 cube yo‘nalishida 1 daqiqa va undan kamroq natija ko‘rsatganlar soni 100 nafardan oshadigan taqdirda, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 nafar ishtirokchi final bosqichi uchun tanlab olinadi.

Qolgan yo‘nalishlarda quyidagicha natija qayd etganlarning barchasi finalga yo‘llanma oladi:

2x2x2 cube va Pyraminx yo‘nalishida 30 soniya yoki undan kamroq;
4x4x4 cube yo‘nalishida 2 daqiqa yoki undan kamroq;
3x3x3 one handed yo‘nalishida 2 daqiqa yoki undan kamroq.

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tayotganda 3x3x3 cube yo‘nalishini tanlagan ishtirokchilar saralashda faqat ushbu yo‘nalishda sinovdan o‘tkaziladi va 1 daqiqadan kamroq natija ko‘rsatadigan taqdirdagina ularning 3x3x3 cube yoki boshqa yo‘nalishlarda ishtirokini davom ettirishlariga ruxsat etiladi. Basharti, 3x3x3 cube yo‘nalishidagi sinovda 1 daqiqadan ko‘proq natija ko‘rsatilsa, ishtirokchi boshqa yo‘nalishlarda qatnashish imkoniyatini ham yo‘qotadi.

Ro‘yxatdan o‘tayotganda boshqa yo‘nalishni tanlagan ishtirokchilar saralashda o‘zlari ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi ertaga, 14-iyun kuni soat 10:00da boshlanadi.

Manzil: Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosi.

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Musobaqaning final bosqichi boshqa sanada bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok