Get Mystery Box with random crypto!

“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Chempionlar kubogi o‘tk | Zakovat intellektual klubi

“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Chempionlar kubogi o‘tkaziladi!

Turnir “Zakovat” intellektual klubining “Zakovat” o‘yini bo‘yicha  Professional liga va hududlardagi mavsumiy liga o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Turnir mavsumiy o‘yinlarning g‘oliblari ishtirokida bir yilda to‘rt marotaba o‘tkaziladi.

Chempionlar kubogining dastlabkisi Qishki mavsum o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida 7-may kuni respublika bo‘yicha bir xil vaqtda (sinxron) o‘tkaziladi.

Turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar mavsumiy liga o‘yinlarining har bir mavsumida birinchi 3 ta o‘rinni olgan, Toshkent shahri Professional ligasi har bir mavsumida birinchi 5 ta o‘rinni olgan jamoalar ishtirok etadi.

Turnir o‘yinlari hududlarning joylashuvidan kelib chiqib quyidagicha o‘tkaziladi:
- Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari o‘rtasida – “Toshkent kubogi”;
- Buxoro va Navoiy viloyatlari jamoalari o‘rtasida – “Zarafshon kubogi”;
- Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari jamoalari o‘rtasida – “Afrosiyob kubogi”;
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari jamoalari o‘rtasida – “Vodiy kubogi”;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati jamoalari o‘rtasida – “Amudaryo kubogi”;
- Surxondaryo va Qashaqadaryo viloyatlari jamoalari o‘rtasida – “Voha kubogi”.

Turnirda jamoalarga jami 36 ta savol (12 ta savoldan 3 ta tur) sinxron ravishda beriladi.

Turnir o‘yinlarida har bir kubok o‘yini uchun alohida hisob yuritiladi va g‘oliblar aniqlanadi.

Turnirda har bir mintaqada 1-o‘rinni olgan jamoalarga maxsus kubok topshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok