Get Mystery Box with random crypto!

-raund. Savol muallifi - Mirsohib Quvonov, Kattaqo‘rg‘on tuman | Zakovat intellektual klubi

-raund. Savol muallifi - Mirsohib Quvonov, Kattaqo‘rg‘on tumani.

Boshlovchi: Shahodat Isaxonovaning “Turon malikasi” tarixiy romani Bibixonim haqida yozilgan. Uning zehnli, dono, farishta ayol ekanligi asarda madh etilgan. Romanda bir parcha bor: “Bibixonim Amir Temur bilan saroyning ochiq ayvonida suhbatlashayotganda, xizmatkor izn so‘rab kiradi va Uni kelganini aytadi. Amir Temur:
- Bu yoqqa chiqaversin, - deydi.
Shunda Bibixonim:
- Zinhor, ulug‘ amirim, bu yer bo‘lmas, pastga tushamiz, - deya e’tiroz bildiradilar. Sohibqiron baribir o‘zining aytganini qildiradi va Uni ayvonga olib chiqishadi.

Diqqat savol: Xizmatkor u deganda kimni nazarda tutgan?

@zakovat