Get Mystery Box with random crypto!

23-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentl | Zakovat intellektual klubi

23-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi!

Joriy yilning 23-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Hududiy
bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.

Turnirda jamoalar 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi.

Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi.

Hududiy bosqich o‘yini barcha hududlarda 23-sentabr, shanba kuni soat 10:00da boshlanadi.

Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

Turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

Turnirning respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok