Get Mystery Box with random crypto!

11-sentabrdan maktablar o‘rtasida “Zakovat” turniri start olad | Zakovat intellektual klubi

11-sentabrdan maktablar o‘rtasida “Zakovat” turniri start oladi!

Shu yilning 11-sentabridan boshlab butun respublika hududida Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turniriga start beriladi. Shu kuni turnirning ta'lim muassasasi (maktab) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Turnir to‘rt bosqichda bo‘lib o‘tadi:

ta'lim muassasasi bosqichi;
tuman (shahar) bosqichi;
hududiy bosqich;
respublika bosqichi.

Ta'lim muassasasi
bosqichida muayyan maktab o‘quvchilari tuman bosqichiga yo‘llanma olish uchun jamoalarga bo‘linib bellashadi. Ta'lim muassasasi bosqichi jami 20 ta savoldan iborat bo‘lgan bir turda o‘tkaziladi.

Ta'lim muassasasi bosqichi yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan jamoa maktab g‘olibi deb e’lon qilinadi. Shuningdek, 2-, 3-, 4- va h.k. o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarning eng iqtidorli a’zolarini jalb qilgan holda g‘olib jamoa negizida 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat maktab terma jamoasi shakllantiriladi hamda navbatdagi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Shu yilning 12-sentabridan 16-sentabrigacha har kuni butun respublika hududida turnirning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi (tuman (shahar) bosqichi o‘yinlarining taqvimi ilova qilinadi).

Tuman (shahar) bosqichida qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi (ariza shakli ilova qilinadi).

Tuman (shahar) bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

Turnirning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi. Muayyan tumandagi barcha maktab jamoalari bilan bir vaqtda va bir joyda o‘yin o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda ushbu tumandagi jamoalar bir necha qismga bo‘lgan holda saralashdan o‘tkaziladi.

Turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

Turnirning respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok