Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar ligasining kuzgi mavsumi boshlanmoqda! 7-sentabr, p | Zakovat intellektual klubi

Talabalar ligasining kuzgi mavsumi boshlanmoqda!

7-sentabr, payshanba kuni "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan Talabalar ligasiga start beriladi.

Liga bir o‘quv yili doirasidagi uch mavsum (kuz, qish, bahor) davomida bo‘lib o‘tadi. Har bir mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi.

Ligada g‘olib bo‘lgan jamoaga maxsus kubok, shuningdek dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Liga o‘yinlari butun respublika bo‘yicha bir vaqtda - har payshanba soat 17:00da bo‘lib o‘tadi.

7-sentabr kuni soat 17:00da Liganing kuzgi mavsumi 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

Talabalar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/425

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok