Get Mystery Box with random crypto!

DAHO yoki TELBA Jamiyatdagi har bir yoʻnalish rivojlanar ekan | Zakopediya

DAHO yoki TELBA

Jamiyatdagi har bir yoʻnalish rivojlanar ekan, bunga sabab oʻsha sohadagi daho va telbalarning boshqalardan oʻzgacha fikrlashidir. Inson tabiatida noodatiy qarashlarga moyillik mavjud boʻlganligi uchun, doim yangilikka intilib yashaydi. Bu yangilik hoh foydali boʻlsin hoh bemaza inson ongi undan oʻzgacha maʼno mazmun qidiraveradi. Shuning uchun Daholar va Telbalar doim etibor markazida boʻladi.

Har bir sohada yuz beradigan burilishlar bejizga emas, ularning oʻz sababchilari mavjud. Oʻzining aql bovar qilmas ishlari bilan lol qoldirgan olimlar boʻlsa, ulardan qolishmaydigan tentaknamo tajribalari bilan fanda kutilmagan burilish qilganlari ham kam emas. Bunga misol qilib, Nobel va Shnobel mukofoti sovrindorlarini keltirish mumkin.

Sanʼat ham oʻzgacha fikrlovchi ijodkorlar borligi uchun hozirgi tasviriy sanʼat jozibasida odamni hayron qoldiradigan darajada oʻzgarishlar sodir boʻldi. Buning sababchilari sifatida Pablo Pikasso, Salvador Dali, Kazemir Malevich, Vinsent Van Gog, Eduard Munk va boshqalarni keltirish mumkin. Musiqa olamida ham shunday, Jazz, Rok, Hip-hop, klassik va boshqa yoʻnalishlarning ham oʻz daho va telbalari sababli shu darajada jozibali boʻlishga ulgurdi.

Adabiyot ham shunday, oʻz davrida boshqalardan oʻzgacha fikrlagan yozuvchi va shoirlar hozirgi adabiyotning kashshoflaridir. Bularga misol qilib, July Vern, Artur Konan Doyl, Agata Kristi, Frans Kafka, Jorj Oruell, Mixail Bulgakov va yana koʻplab klassik adabiyot ustalarini aytish mumkin.

Gapni uzoqdan olib kelishimdan maqsad, hozirgi jadallik bilan rivojlanayotgan jamiyatimizda ismi baralla yangrashga ulgurmay bu olamni tark etayotganlar orasida boʻlishni hohlamasangiz dunyoqarashingizni oʻzgaritishga majbursiz. Ijtimoiy tarmoq lentalarida toʻxtovsiz aylanayotganlar ham onadan tugʻilgan, siz bilan maktabga borgan, ikki baho olgan, balki siz oʻqiyotgan universitetda ham oʻqigan boʻlishi mumkin, lekin yagona farq fikrlashida. Ha! oʻshalar haqida aytyapman, Elon Mask, Jek Ma, Bill Geyts, Mark Zuckerberg, Jeff Bezos va oʻsha yoqtirmasangiz ham kuzatib boradigan Viner va TikTokerlar haqida.

#Gapni_ochiği Hech qayerda fikrlashni oʻrgatishmaydi, maktab, kollej, universitet, xususiy oʻquv markazlari hech qayerda. Bulardan maqsad sharoit yaratib berish, qolgan hammasi insonning oʻziga bogʻliq. Har kuni kitob oʻqing! Har kuni kitob oʻqing... shunchaki davom eting. Koʻrasiz albatta oʻz samarasini beradi. Hech kim erishmagan natijaga erishish uchun, hech kim qilmagan ishni bajarish kerak, hozirgi davrda hech kim qilmagan oʻsha ish har kuni kitob oʻqish! Qaytaraman HAR KUNI...

P/s: Yoki DAHO boʻlib tanilasiz yoki TELBA boʻlib!

Bookman - Ilmsizlikka qarshi inson!