Get Mystery Box with random crypto!

#didyouknow ​Gʻoyib boʻlgan 'Kichkina shahzoda' yohud Antuan | Zakopediya

#didyouknow

​Gʻoyib boʻlgan "Kichkina shahzoda" yohud Antuan de Sent-Ekzyuperiga nima boʻlgan!?

Mashhur yozuvchi boshqargan samolyot 1944-yil iyul oyining oxirgi kunida razvedka parvozidan qaytmaydi. 40 yildan ortiq vaqt davomida u haqida hech qanday ma'lumot topilmadi. Ammo 1998-yilda Marsel yaqinida baliqchi dengizdan Ekzyuperining bilaguzugini topadi, bundan soʻng 2000-yilda Lyuk Varnel 70 metr chuqurlikdagi samolyot qoldiqlarini topadi. 2003-yilda qoldiqlar olib chiqiladi, bu Antuan de Sent Ekzyuperining so'nggi parvozini aynan shu samolyotda amalga oshirganligini tasdiqlaydi. Samolyot qoldiqlarida o‘q otish izlari yo‘q, shuning uchun halokat sabablari haligacha noma’lumligicha qolmoqda.

Zakopediya - Aqlingni charxla!