Get Mystery Box with random crypto!

IELTS Listening yaxshilash usullari Quyida sizlarga CAMB | Zafar Sobitov 🪐

IELTS Listening yaxshilash usullari

Quyida sizlarga CAMBRIDGE IELTS kitoblaridan foydalanib, 4 usul bilan listening mahoratilarni yaxshilash usullarini ulashaman:

Boshlab olish uchun oldin bor e'tiborni faqat bir bo'limiga qarating zero ko'p o'rganuvchilar boshidan to'liq testga zo'r beradilar LEKIN bu noto'g'ri. Misol uchun 1 hafta faqat 1-Bo'limni ishlang kelasi hafta esa 2-Bo'lim toki yetarlikcha ko'nikib olguningizcha.

Ko'nikmaga ega bo'lganingizdan so'ng to'liq testga o'ting LEKIN bir marotaba ishlab yakun qo'ymang, qayta va qayta eshiting va har safar nechta qo'shimcha javob topayotganingizga diqqat qiling.

Shug'ullanayotganingizda bemalol tasmani to'xtatib savollarini o'qib tushunib oling CHUNKI siz mashq qilyapsiz imtihonda emassiz - mashq o'ganish uchun.

Listening ni Reading ga o'tkazing! Buning uchun foyalanayotgan kitobingizni oxirlarida berilgan tasmani yozma shakli bor (transcript) ushani o'qib chiqing u ham sizni eshitgan tasmangiz haqida yana ham oydinroq tushuncha beradi.

Nega "Listening" im o'smayapti deganlar uchun

Sizda yetarlicha diqqat jamlay olmaslik bor (Lekin bu turdagi imtihon uchun bu eng kerakligi)

Siz shoshasiz va birinchi eshitgan oningizdayoq javobni belgilab qo'yasiz (Lekin Listening topshiriqlari asosan birinchi ifodalagan fikri bilan sizni aldaydi shuning uchun to'liq eshitib keyin javob belgilang)

Sizda yetarlicha so'z boyligi (VOCABULARY) yo'q. Har bir imtihon turi talab qilganday Listening da ham juda keng miqdorda so'z boyligingiz bo'lishi lozim aks holda eshitgan so'zingizni ma'nosini bilmasangiz tabiiyki uni yozolmaysiz.


#listening