Get Mystery Box with random crypto!

'Kepqoldi' turkumidagi fikrlar. Sizlar ham o'z fikringizni ber | 𝚣𝚊𝚏𝚊𝚕𝚒

"Kepqoldi" turkumidagi fikrlar. Sizlar ham o'z fikringizni berasiz, degan umiddaman.


Biron joyga o'qishga bormoqchimisiz? Unda o'sha joyda o'qishni bitirganlardan fikrlarini so'rang. To'g'ri bahoni kursni tugatib chiqqanlar yoki unda qanchadir muddat o'qiganlar beradi, reklama emas. Chiroyli gaplarga ishonmang.
===
Bir narsa haqida xulosa qilmoqchi bo'lsangiz, unga bir necha tomondan qarab ko'ring, atrofdagilarning fikrlarini so'rab ko'ring. Falonchi aytgan gapga laqqa ishonib yaxshi yoki yomon deb ketmang.
===
Biron masalada majlis qilib odamlarning fikrini olmoqchimisiz? Unda aynan fikr olishni xohlagan odamdek tuting o'zingizni: fikrlarni yozib oling, sabablarni va ehtimoliy yechimlarni so'rang. Majlisdan maqsad biron tatbiq qilmoqchi bo'lgan ishingizni kelganlardan tasdiqlattirib olish bo'lmasin.
===
Biron masalada gapingiz bormi? Hozir texnologiya rivojlangan. Telegram yoki Messengerda yozing. Hech bo'lmasa, SMSda. Bir nechta SMS yuborish kerak bo'lsa ham. Juda xos masalalargina yuzma-yuz ko'rishib gaplashishni talab qilishi mumkin. Juda xos.
===
Tekin pishloq qopqonda bo'ladi. Esdan chiqarmang.
===
Ishingizni baholamoqchimisiz? Tashqaridan auditor chaqiring. Ko'rsin, bilsin. Oxirida bahosini bersin. Tanishlaringizning "yaxshi, yaxshi" deyishi bu rost baho emas.
===
Biron kimga tavsiya berayotganda mutlaq biron hukm bermang. U odamning o'ziga qoldiring hukmni. Vaqt o'tishi bilan narigi tomon sizni ayblashga o'tishi mumkin.
===
Songa o'tishdan oldin sifatga kuch bering. Ko'p kuch bering. Tarozi son tomonga ko'p og'ir bossa, pufak bir kun kelib qattiq paqillaydi.

#kepqoldi