Get Mystery Box with random crypto!

#talabaga_qulaylik ESLATMA: talabalar shartnoma to‘lovlarini | контракт

#talabaga_qulaylik

ESLATMA: talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

Buning uchun:

Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

Android uchun yuklab oling

iOS uchun yuklab oling

На русском

Eslatma o‘rnida, bugun ayrim toifadagi talabalar uchun shartnoma to‘lovini (50%) amalga oshirishning so‘nggi kuni etib belgilangan.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube