Get Mystery Box with random crypto!

​​ChatGpt haqida ko'pchilik eshitgan, menimcha. Lekin uni hayr | Zabihulloh - "Kuch Marketingdadir"

​​ChatGpt haqida ko'pchilik eshitgan, menimcha. Lekin uni hayratlanarli xususiyatlari haqida ham eshitganmisiz?

2 oy ichida 100 mln foydalanuvchi yig'ishga erishdi.

Foydaliligi: Juda tez muddatda siz uchun ssenariy, g'oya, maqola va hokazolarni yozib bera oladi. To'g'ri savol bera olsangiz yaxshi javob ololasiz.
Misol uchun: Men ChatGptdan loyiham uchun 3 ta video uchun g'oya yozib berishini so'radim va 2 daqiqada g'oya tayyor bo'ldi. Ba'zi joylarini o'zgartirib, moslashtirib syomka qilindi, natija yaxshi )

1 savolga "Regenerate response" tugmasi orqali qayta-qayta javob olsa bo'ladi.

Minuslari: U baribir robot, maqola yozayotganda Tone of voice bilan yozolmaydi, video uchun idealari trendlarga mos kelmaydi. Sun'iy intellekt bo'lsa-da hali hamon kitoblardan internetdan ma'lumotlarni qayta ishlab jo'natadi, eng so'nggi ma'lumotlar bo'yicha ishlay olmasligi mumkin.

Qaysi kasblar yo'q bo'ladi? Bu savolga aniq javob berib bo'lmasa-da keling, SI (Sun'iy intellekt) o'zi bergan javobni taqdim etaman. SI mehnat bozoriga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi.

1. Kopirayterlar - SI maqola yoza oladi. Yaxshi kopirayter SI bilan yanada takomillashib gibrid ishchi kuchiga aylanadi. Oddiy kopirayterlar esa boshqa sohaga o'tganlari ma'qul (

2. Ishlab chiqarish liniyalari - bu borada robotlar ishlaydi hozir ham, kelajakda yanada qulayroq, tezroq va sifatliroq bo'ladi.

3. Kontentmeykerlar - SI g'oya yarata oladi, lekin uni qayta ishlashga muhtoj (hozircha). Yaxshi kontentmeyker SI bilan yangi, kuchli g'oyalarni tuzadi..

4. Ma'lumotlarni qayta ishlovchilar - SI o'zi ma'lumotlarni topib, joylab va qayta ishlab yana taqdim eta oladi.

ChatGpt'ga O'zbekiston xududidan turib kirib bo'lmaydi. Aylanma yo'llar bilan ro'yxatdan o'tish haqida maqola tayyorlaymi?

25 ta bo'lsa ro'yxatdan o'tish haqida post chiqadi.

@Zabikhullo - Foydali bo'lsa ulashing!