Get Mystery Box with random crypto!

#Савол_жавоб Savol: Hozirgi kunda ajrashish summasi qancha. | Yurist online 🇺🇿

#Савол_жавоб

Savol: Hozirgi kunda ajrashish summasi qancha. Ajrashishga kim birinchi ariza bersa shu odam tolovni amalga oshirladimi?

Javob: Tushunishimizcha, Siz homilador bo'lib, nikohdan ajrashmoqchisiz.
Ushbu holda Siz da'vo ariza bilan tegishli fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bunda O'z.R "Davlat boji to'g'risida"gi qonunga muvofiq - BHMning 2 baravari, agar takroriy da'vo ariza kiritilayotgan bo'lsa - BHMning 4 baravari miqdorida davlat boji va 15.600 so'm pochta xarajatini to'laysiz.
( 1 BHM - 223.000 so'm)

Shuningdek, sud nikohni bekor qilish to'g'risida xulosaga kelsa - taraflarning biridan BHMning 300 % miqdorida davlat boji undirishni belgilaydi.

Shuni e'tiborga olish lozimki - sudlar oila to'g'risidagi qonunchilik vazifalaridan kelib chiqib, oilani mustahkamlash, farzanlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan barcha choralarni ko'rishlari shart.
Shu bois ham, ariza bersam, darrov nikohim bekor qilinar ekan - deb o'ylamasligingizni maslahat qilardik.

Kim birinchi sudga da'vo ariza kiritsa - faqat dastlabki davlat bojini to'laydi ( 2 BHM).

Bundan tashqari, turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga ko'ra er-xotin o'rtasida kelib chiqqan ixtiloflar - nikohdan ajratish uchun asos bo'la olmaydi.

Oila - jamiyatning asosiy bo'g'ini hamda davlat va jamiyatning muhofazasidadir!

Kanalga qo'shiling!
https://t.me/yuristonline_uz