Get Mystery Box with random crypto!

​Davlat bojini toʻlash uchun sudga yoki banklarga borish shart | Azimjon Zukhurov | Rasmiy blog

Davlat bojini toʻlash uchun sudga yoki banklarga borish shart emas!

Sudlar uchun toʻlanadigan davlat bojini toʻlash uchun hisob raqamni suddan borib olib keyin yana bankga borib navbatda turib toʻlov qilish bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi va qimmatli vaqtingizni oʻgʻirlaydi. Lekin aslida bu juda ham oddiy.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Billing.sud.uz saytiga kirishingiz va yangi kvitansiya yaratish tugmasini bosib soʻrovnomani toʻldirishingiz kerak.

Soʻrovnomani toʻldirganingizdan soʻng sizga kvitansiya beriladi.

Ikkinchi bosqichda ushbu kvitansiyada koʻrsatilgan hisob raqamiga pay.me yoki click ilovalari orqali toʻlovni amalga oshirishingiz lozim.

billing.sud.uz tizimiga sizga berilgan kvitansiyaning raqamini kiritish orqali toʻlov qilingan kvitansiyani yuklab olishingiz kerak.

Shu bilan ushbu jarayon yakuniga yetadi.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok