Get Mystery Box with random crypto!

Qalb sokinligi bu hayotda eng muhim narsalardan biri. Haqiqiy | EksaQutPol

Qalb sokinligi bu hayotda eng muhim narsalardan biri. Haqiqiy musulmonning qalbi sokinlikka boy bo'ladi. U o'zida boriga qanoat qiladi, yaxshiroq narsalarga harakat qiladi va bu yo'lda nimagadir erishmasa, bu o'tkinchi dunyoda mazkur narsa erishmagani uchun yonib-kuymaydi. Hamma narsa o'zimizning ichimizdagi shukronaga bog'liq. Bunga erishish esa bizning eng katta dushmanimiz bo'lmish nafs tufayli amcha qiyinlashadi.

Kimdir 10 ming so'mni o'ziga yetarli deb hisoblasa, uning qalbi orom oladi. Kimdir 100 ming so'mga ham qanoat qilmaydi, qalbi tinchlik bilmaydi uning.

Sen garchi milliarder bo'lsang ham rizqing bir necha ming yoki million bo'lishi mumkin. Sen uning hammasini yeb tugata olmaysan baribir. Misol uchun, tog'da 3-4ta villa qurib qo'ysang, u villada sendan ko'ra ko'proq, unga qarab turishni tayinlagan odaming yashaydi. Ya'ni, amalda bu villalar qarab turuvchi odamning rizqidir, sening emas.