Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Qachon sudlanganlik holati tugallanadi? Shaxsnin | Yuridik maslahatlar

#Bilasizmi

Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?

Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;

majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;

ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;

5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;

5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;

10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno), yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.


https://t.me/yuridikmaslahatchi