Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi | Yuridik maslahatlar

#Bilasizmi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila aʼzosi sifatida eʼtirof etilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar beriladi.

Mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yo‘l haqini to‘lash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi.

Mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Kanalga aʼzo boʻling https://t.me/yuridikmaslahatchi