Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar sanatori | Yuridik Klinika Uz

#Bilasizmi

Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali berishlari mumkin.

Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar;

yoshga doir pensiya oluvchilar.

Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.

@YuridikKlinikaUz