Get Mystery Box with random crypto!

TDYU ning imtihon fanlari keyingi yil qabuldan o'zgaradi. B | YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

TDYU ning imtihon fanlari keyingi yil qabuldan o'zgaradi.

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi. Bular:

1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fan – Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va Oʻzbekiston tarixi;
2-boʻlimda “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari.

TDYUga oʻqishga kirishda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, yaʼni “yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos fanlar boʻyicha tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet Kengashida koʻrib chiqilgan va maʼqullangan.

Mazkur taklifning joriy etilishi bir qator ijobiy natijalarga xizmat qiladi, xususan:

● maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur oʻzlashtirishga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta oʻrganishga;
● maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;
● huquqshunoslik fanlaridan taʼlim beruvchi oʻqituvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi;
● TDYUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 4-yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.

Manba: «Yuridik ta'lim».

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM