Get Mystery Box with random crypto!

Davlat OTMlarida toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi 20 | YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Davlat OTMlarida toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

2022/2023 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari davlat OTM, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarida ham, bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, 2022/2023 oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM