Get Mystery Box with random crypto!

​​Maylimi biroz vaqtizni olsam? Shunchaki sizdan bir necha se | ꧁༒★M.ȺƀđᵾɍȺxmøn.Ɨɉøđɨ★✿◉●•◦✍

​​Maylimi biroz vaqtizni olsam?

Shunchaki sizdan bir necha sekundlarni sanashizni hohlayman.

1.. 2.. 3.. 4..

Stop! Hozir dunyoning qayeridadir bitta inson o'ldi.

1.. 2.. 3.. 4..

Stop! Yana dunyoning qayeridadir bitta inson o'ldi.

Har 4 soniyada yer yuzida bitta inson o'ladi. Do'stim balki keyingi 4 soniya meniki yo siznikidir? Balki 87 - 4 soniya eng yaqin insoningiznikidir? Balki 185 - 4 soniya yoningizdagi odamnikidir? Lekin har 4 soniyada bitta inson o'ladi.

Ajalni bilmaysiz qachon kelishini, shuning uchun aytib qoling yaqinlaringizga yaxshi ko'rishingizni, keyin armon bo'lib qolmasin.

"Sizni yaxshi ko'raman, borizga shukr" deyish uchun 4 soniya yetadi. Qizig'i, Bu 4 soniya bitta insonni hayotdan olib ketishga ham yetadi.

Hozir ayting yaxshi ko'rishingizni, keyin kech bo'lmasin. Bu dunyo ishlari tugamaydi. Balki bu xabarni ertalab, kechqurun yoki yo'lda o'qirsiz. Lekin vaqt hech to'xtamaydi siz qayerda bo'lishingizdan qa'tiy nazar.

1.. 2.. 3.. 4..