Get Mystery Box with random crypto!

Tanlov o'z oxiriga yetdi va g'oliblarni tanishtirishdan avval | Yunusjon - IT Blog #FreeUyghur

Tanlov o'z oxiriga yetdi va g'oliblarni tanishtirishdan avval shuni aytmoqchiman.

Ko'p nomzodlar g'olib bo'lishga loyiq va juda yaxshi ish ko'rsatishgan. O'z ustilarida shu kesimda ishlashni davom etishsa, yaqin orada katta kompaniyalar ularni ishga olishi aniq.

Ammo, biz bu ishlar orasidan faqatgina 3 kishini saralab olishimiz kerak edi va biz eng yaxshi 3 ta ishni saralab oldik.

G'oliblar bilan tanishing:

1. @nizamoff - 1 yillik Telegram premium
2. Jakbaraliyev Yorqinjon - 3 oylik Telegram premium bilan
3. Otabek Sharipov va tanlovda qatnashgan barcha - Foundation kursiga bepul kirish huquqi bilan taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashganlardan ko'pchilik maqsad sovg'a emasligini, o'z imkoniyatlarini sinashganini aytishdi. Manimcha tanlov barcha uchun manfaatli bo'ldi.

PS: Agar qandaydir e'tiroz bo'lgan bo'lsa, tanlov kanalidagi guruhda yozishingiz mumkin va man albatta bunga javob beraman.

Sovrinni berish uchun shaxsiy profilimdan tez orada sizlarga bog'lanaman. Barchaga rahmat.

@yunus_code