Get Mystery Box with random crypto!

#Mebelsiz_xotin_olaman Orsizlikmi? yoki pastkashlik, Hodisotg | MuZdaLifA♡⦈

#Mebelsiz_xotin_olaman

Orsizlikmi? yoki pastkashlik,
Hodisotga hayron qolaman,
Sizda qanday fikr bilmam, lek,
Men mebelsiz xotin olaman.

Emish epli kelinlar sepli,
Maqolinga o't tushsin, Ho'pmi?
Uyingizda bir "mujik" yo'qmi?
Men mebelsiz xotin olaman.

Erkaklari bo'lsa zardali,
Ayollari bo'lar pardali,
O'zbekka or, bu-urf sharmandali,
Men mebelsiz xotin olaman.

Qilgan emish orzu-havaslar,
O'g'lin sotib qo'ygan nokaslar,
Bo'ldi qiling, ey molparastlar,
Men mebelsiz xotin olaman.

Qiz o'stirib va tarbiyalab,
Uzatsinmi senga boj to'lab?
Insof bergin har kimga yo rab,
Men mebelsiz xotin olaman.

Uyni ko'rki parda, gilammas,
Yoki qimmat mebel bilanmas,
Xotin oling iymon bilan bas,
Men mebelsiz xotin olaman.

Donolardan oldim o'gitni,
Manglayiga bersin yigitni,
Narsaparast yigit yigitmi?
Men mebelsiz xotin olaman.

Qaynota bir duoni qiling,
Qizingizni sepsiz olaman,
Sarposiga iymonin bering,
Mebeliga vijdonin bering,
Men mebelsiz xotin olaman.

@Yulduzlitunlar27