Get Mystery Box with random crypto!

Telegramdagi ayyorliklar. Men o'z fikrimni guruhda qanday o't | Abituriyent Yulduzcha Student

Telegramdagi ayyorliklar.

Men o'z fikrimni guruhda qanday o'tkaza olaman?

Buning samarali usuli hozirgi kunda biror Guruhga fikr yozishdan oldin tanishlaringizga "mening fikrimni ma'qullanglar" deb qo'yasiz. Agar ular guruhda mavjud bo'lmasa 30 yoki undan ham ko'proq tanishlarni Guruhga qo'shilishni so'rasiz. Qanday mug'ombirona yo'l-a. Sening fikringni shuncha odam ma'qullasa-ya. Shuningdek birorta kishidan "o'ch" olish uchun unga raqib topasiz. Deylik biror yaxshi Insonga "padxod" qilib, uni o'zingizga og'darib olsangiz marra sizniki.

Nazarimda bunaqa usul bilan obro' topishni kasb qilayotganlar ham mavjuddek. Lekin bir narsani unitib qo'yilgan. Kim nima yozayotgani va yozuvlaridan nima ma'lumligi boshqalarga oydinlashib bormoqda. Guruhda qarab turganlardan Agar o'quvchilar ham bo'lsa, ular Xulosa qilishayotganligi aniq. Faqat nima Xulosaga kelishganini hozircha ochiq ayta olishmaydi. Chunki ularning o'qituvchisi maktabda bosim qilishlari mumkinligidan xavotir olishadi. 5 yoki 6 yildan keyin sizga ko'zgu tutishadi. O'sha ko'zguda o'z aksingizni ko'rasiz. Ana shundagina qay joyda kamchilikka yo'l qo'ydim, degan afsusga borilmasa bo'ldi.

Abituriyent_yulduzcha_student kanali admini.