Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ulan-Ude shahrida ishchi | Yuldashev.UZ

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ulan-Ude shahrida ishchilar bilan uchrashuvidagi bayonotlari:

Rossiya oʻz davlatchiligining mavjud boʻlishi uchun kurashmoqda, bu yashab qolish masalasi;
Hozirgi xalqaro muammolar SSSR parchalanganidan soʻng boshlangan;
Gʻarbning geosiyosiy manfaatlari ular uchun SSSR bilan mafkuraviy ziddiyatdan ham muhimroq boʻlib chiqdi;
Gʻarb SSSR parchalanganidan soʻng Rossiyani chayqata boshladi, beshinchi kolonna tuzib, xalqaro terrorchilar oʻrdasini joʻnatdi;
Rossiya oʻn yilliklar davomida Ukraina bilan munosabatlarni yaxshilashga sabr bilan urindi, biroq 2014-yilgi davlat toʻntarishidan soʻng vaziyat oʻzgardi;
RF Ukraina bilan munosabatlarda oʻzini katta rus dunyosining bir qismi deb bilganlarga tayangan edi, 2014-yildan soʻng ularni qirish boshlandi;
Rossiya 8 yil davomida Donbass muammosini tinch yoʻl bilan hal qilishga urindi, lekin bizni “burnimizdan tortib” yurib, aldashdi;
Rossiya — koʻpmillatli davlat, lekin Ukrainada rus dunyosi uchun kurashmoqda va u insonlarni tashlab keta olmaydi;
Rossiya tinchlikni yaqinlashtirish, muvaffaqiyat va gʻalabaga erishish uchun jipslashuv va birlashuvni namoyish etishi kerak.

@yuldashevuz