Get Mystery Box with random crypto!

Yevgeniy Prigojin kim? Moskva siyosiy doiralarida Putinning o | Yuldashev.UZ

Yevgeniy Prigojin kim?

Moskva siyosiy doiralarida Putinning oshpazi klichkasi (laqab) bilan mashxur bo’lgan Yevgeniy Prigojin tungi dasturimiz qahramoni.

1961-yil 1-iyunda Leningradda (hozirgi Sankt Peterburg) tug’ilgan. Otasidan erta ajralgan. Onasi hamshira bo’lgan. Bundan tashqari suzish to’garagida rahbarlik ham qilib turgan. Shu sababli Yevgeniy sport bilan shug’ullanib, xatto mahalliy miqiyosda chempion ham bo’lgan.

Maktabda yaxshi o’qigan. 1979-yil Yevgeniy mayda bezorilik bilan 2 yilga qamalgan. Keyinchalik bu ishini davom ettirib jinoyatlar sodir etganilgi uchun sud hukmi bilan 12 yilga “kesilgan”.

Qamaqxonada o’zining birinchi biznesiga asos solgan. Jinoyatchilar orasidan hunarmandlarni yig’ib suvenirlar yasab “tashqari”ga sotgan. Kameradoshining ko’rsatmasiga ko’ra Prigojin qamoqda mo’maygina daromad ko’ribgina qolmay, doimiy tarzda ilmiy kitoblar o’qib bilimini kengaytirgan. 1990-yil muddatidan avval ozodlikka chiqqach, Leningrad Farmasevtika universitetiga o’qishga kirgan. Biznesga ko'proq qiziqqanligi sababli, oliygohni tashlab ketgan.

1993-yil sinfdoshi Prigojinga ish taklif qilib, uni supermarketlar tarmog’iga rahbar qilib tayinlagan. Biznesdan 15% ulush ajratgan. 1995-yil Yevgeniy Prigojin o’zining birinchi spirtli ichimliklar do'konini ochadi. 1996-yil “Старая Таможня” nomli restorani ish boshlagan. Ushbu restoran Peterburgdagi birinchi raqamli restoranga aylangan. Keyinchalik Prigojin “Русский китч”, “Сеть сорок”, “Блин!дональт’s” kabi restoranlarni ochdi.

Ammo Prigojinga haqiqiy omad “New Island” restorani orqali keldi. Ushbu restoranda 2001-yil Putin Fransiya prezidenti Jak Shirak bilan, 2003-yil AQSH prezidenti Jorj Bush bilan muzokaralar o’tkazgan. Putinga bu restoran yoqib qolganligi sababli bir necha bora u yerda tug’ilgan kunini nishonlagan. Shu tariqa Yevgeniy Prigojin Kremel siyosatining muhim shaxslaridan biriga aylanib borgan.

OAV ma’lumotlariga ko’ra, Putinga taomlarni aynan Yevgeniy Prigojin tayyorlab bergan. Shu sababli uni “Putinning oshpazi” deb bilishadi. Ketring xizmatini yo'lga qo'ygach Prigojin prezident Putinning innauguratsiyasida ham xizmat qilgan.

Prigojinga tegishli “Konkord” kompaniyasi Rossiya Mudofaa vazirligining taminot bo’yicha bosh pudratchisiga aylangach, Prigojin armiyaga nafaqat oziq-ovqat, balki kiyim-kechak va qurol-yarog’ ham yetkazib bera boshladi.

Prigojinning haqiqiy yulduzlik onlari 2014-yilda Suriyada boshlangan fuqarolik urushi va Qrim operatsiyalaridan keyin keldi. Prigojin asos solgan “Vagner” xususiy armiyasi Suriyadagi bir nechta operatsiyalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 2014-yilgi Yanukovichni Qrimdan qutqarish operatsiyasi ham ushbu jinoiy to’da tomonidan amalga oshirildi.

Suriyadagi “Damashq operatsiyasi”da terrorchilar bahona qilinib, tinch aholi, ayollar va bolalar ham Vagner tomonidan o’qqa tutildi.

Ukraina urushi boshlangach Vagner armiyasi dastlab Kremelning maxfiy quroli, keyinchalik esa bosh og’rig’iga aylandi. Vagner xususiy armiyasi asosan qamoqda saqlanayotgan xavfli redsedevistlardan tashkil topgan. Ular Ukraina xududida misli ko’rilmagan xunrezliklarni amalga oshirmoqda. Xususan, tarmoqlarda tarqalgan ukrain askarlarining qiynab o’ldirilishi Vagnerning qo’rqituv qurollaridan biri hisoblanadi.

Yevgeniy Prigojin so’ngi kunlarda Kremel uchun muammoga aylanib bormoqda. Ayniqsa Baxmutdagi janglardan keyin Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga ochiqdan ochiq tahdidlar qila boshladi. Bu siyosiy elita ichida muvozanat izdan chiqqanligiga dalolat beradi.

Prigojin xarakter jihatidan Stalinning ayni o’zi. Hozirda Prigojinning farzandi Pavel (1998-yilda tug’ilgan) frontning old chizig’ida urushmoqda. Vahshiylik, bolalikdagi hayot yo’li, qaroqchilik va xususiy armiya Stalinning hayot yo’lini eslatadi.

Oddiy yo'lovchi