2022-02-16 20:51:13
EʼLON
IIV Xorazm akademik litseyi 2022/2023-o‘quv yili uchun
qabul eʼlon qilinadi
Xorazm viloyatida yashovchi, IIVning akademik litseylariga kirish istagini bildirgan, 9-sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilardan ota-onalari ishtirokida arizalar joriy yilning 15 fevral kunidan 15 aprel kuniga qadar Urganch shahar Egam Raxim ko‘chasi 77-uy manzilida qabul qilinadi.
Arizaga qo‘shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1) belgilangan shakldagi so‘rovnoma (anketa, litseyning o‘zida to‘ldiriladi);
2) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol (litseyning o‘zida to‘ldiriladi);
3) o‘qish joyidan (maktabdan) tavsifnoma;
4) o‘qish joyidan fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida maktab direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
5) o‘zi va yaqin qarindoshlarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma va pasport nusxalari, o‘quvchining (o‘g‘il bolalar uchun) mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi yoki turmasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;
6) 3x4 sm o‘lchamdagi 6 ta hamda 9x12 sm o‘lchamdagi 2 ta (bosh kiyimsiz, burchaksiz va oq fondagi) fotosurat.
Qabul tartibi va kirish imtihonlari haqida maʼlumot olish uchun telefonlar : 62-224-77-48, 62-224-77-49
https://t.me/xorazm_iib
450 viewsAtabayev Qadamboy, 17:51