Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi yqquzb_kanal — Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal Y
Telegram kanalining logotibi yqquzb_kanal — Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
Kanal manzili: @yqquzb_kanal
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 97.20K
Kanalning ta’rifi

Talabalar, o'quvchilar, yoshlar, abituriyentlar va pedagoglar kanali
Guvohnoma № 069232
Litsenziya С-5669166
Murojaat uchun: @Yqqmurojaatbot
Sayt: www.Yqqedu.uz
Kanal: @yqqeduuz
Tijoriy hamkorlik uchun: @UNIHUB_Agentligi
Kanal imzosi: 📌

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 142

2022-09-03 17:01:30
Xullas, kanalimiz nomidan shaxsan tavsiya etamiz!

@Tem_uz - o‘z yo‘li va auditoriyasiga ega kanal. Muhimi tezkor, xolis va ishonchli.

Kanal linki:
@Tem_uz

Bir kirsangiz, qaytib chiqib ketolmasligingiz xavfi bor!
48.6K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:59:54 Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Manba: @Eduuz

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
50.8K views08:59
Ochish/sharhlash
2022-09-03 10:29:48
#DIQQAT! O'ZBEKISTONDA TALABA BO'LISH UCHUN ENG OXIRGI IMKONIYAT!

"Lion Consulting" rasmiy konsaltingi jamoasi sizga 2022-2023 o'quv yilida O'zbekistondagi nufuzli universitetlarida imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatini yaratib beradi!

Ta'lim tili: O'zbek
Ta'lim turi: Sirtqi, kunduzgi, kechki

Fakultetlar:

- Pedagogika va Psixologiya
- Boshlang'ich ta'lim
- Filologiya
- Iqtisodiyot
- Moliya
- Turizm
- Soliq
- Tarix
- Neft va gaz

va boshqa 20 dan ortiq yo'nalishlar bor!

P.S) "Lion Consulting" Rasmiy shartnoma bilan ishlaydigan yagona konsalting firma.

Murojaat uchun:
+998900525286 | @lion_Yulduz
+998900655220 | @lion_Mumtoza
+998909655220 | @lion_Dilnoza
+998900535221 | @lion_Nozima
+998901285221 | @lion_Oybibi
+998901275221 | @lion_Fayruza
+998900525283 | @lion_Zarina
+998333103313 | @lion_Saidalo
+998900525221 | @lion_Ulugbek

Batafsil: @lion_Yulduz
45.6K views07:29
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:15:28
ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI UCHUN YANA BIR YENGILLIK

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi o‘quv yilida barcha oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Quyidagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Yuklab olish

Manba: @Eduuz

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
48.4K views12:15
Ochish/sharhlash
2022-09-01 12:15:31 Ta’lim kreditlarini ajratish tartibi.

Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
14.3K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-09-01 12:01:00
Talabalar uchun uzoq kutilgan loyiha

Talaba Tayanch loyihasi
Bu loyiha Toshkenda o'qiyotgan barcha talabalarni qo'llab quvvatlash va ularga har qanday yordam berish maqsadida yo'lga qo'yilgan!

Loyihaga a'zo bo'lish uchun kerakli xujjatlar

- Talabalik guvohnomasi
- 1 chi kurs bo'lsangiz talaba bo'lganligingiz haqida ma'lumot

- TT guvohnomasini olganlar uchun:

IT dasturlash

TRADING - Xalqaro moliyaviy fond bozori

IELTS 6+ kafolatlangan

INGLIZ TILI/LOGISTIKA speaking

RUS TILI so'zlashuv

- KURS davomida ish bilan ta'minlash

- BIZNES trening

- Talabalarga yuridik yordam

- Xorijga ketishga bepul yordam

- 24/7 aloqaga chiqish imkoniyati

- Talaba Tayanch TT guvohnomasi


Bularning hammasidan faqatgina 1 oyga 500.000 badal evaziga foydalanishingiz mumkin.
1-2 sentabrga ro'yxatdan o'tgan talabalarga oylik badal 350.000 qberiladi!

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko'chasi

+998909377770
+998990531941
15.2K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:23:15
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishini ko'chirganlar uchun.

Kimning shaxsiy kabinetida "Talab bajarildi" statusi turgan bo'lsa, o'qishi ko'chirilgan hisoblanadi.

Talabalar qachondan OTMga borishlari haqida vazirlik va oliygohlar rasmiy sahifalarida e'lon beriladi. Super kontrakt masalasida esa yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab ariza beriladi.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
28.1K views05:23
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:00:16Super-kontrakt narxlari “Mosap University” uchun maʼlum boʻldi

Maʼlumki, 60 va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar “Mosap University” talabasi boʻlishadi, lekin undan pastroq ball toʻplagan abituriyentlarda super-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati mavjud.

Super-kontrakt narxlari qanday?

50-59,9 ballar oraligʻida ball toʻplagan abituriyentlar 2,5 million soʻm;

40-49,9 ballar oraligʻida ball toʻplagan abituriyentlar 4,5 mln soʻm;

30-39.9 ballar oraligʻida ball toʻplagan abituriyentlar 9 mln soʻm;

30 balldan past ball olgan abituriyentlar super-kontrakt bilan ham oʻqishga qabul qilinmaydi. Ularda imtihonni qayta topshirish imkoniyati mavjud.

“Mosap University” oliygohiga hujjat topshirish 10-sentyabr sanasiga qadar uzaytirildi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998732400032

Online roʻyxatdan oʻtish

Biz ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | Facebook
33.1K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:02:15 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
13.6K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:45:51 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
24.7K views11:45
Ochish/sharhlash