Get Mystery Box with random crypto!

YourChance | Yoshlar hamjamiyati

Telegram kanalining logotibi yourchanceuz — YourChance | Yoshlar hamjamiyati Y
Telegram kanalining logotibi yourchanceuz — YourChance | Yoshlar hamjamiyati
Kanal manzili: @yourchanceuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.84K
Kanalning ta’rifi

🍀YOURCHANCE - SHAXSIY RIVOJLANISHINGIZ DEBOCHASI!
🏛To'liq qoplanuvchi grantlar
💻Amaliyot dasturlari
🏆Turli xil tanlov va olimpiadalar
📑Xalqaro va milliy miqyosdagi tadbir, anjumanlar
📬Aloqa: @yourchanceuz_bot
🌎Website: yourchance.uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-01-22 13:23:17
INGLIZ TILINI O'RGANISH UCHUN FOYDALI MANBALAR RO'YXATI

Qadrli do'stlar ko'plab murojaatlarni inobatga olgan holda, bugun yourchance.uz jamoamiz bilan ingliz tilini o'rganish istagidagilar uchun maxsus foydali manbalar ro'yxatini tuzib chiqdik.

Ingliz tilini õrganish uchun:

Mobil ilovalar - istalgan birini tanlab, telefoningizga yuklab olishingiz mumkin

Elektron kitoblar - ma'qulini yuklab olishingiz mumkin

Audio darsliklar - o'zbek tilida tayyorlangan audio darslarni eshitishingiz mumkin

YouTube kanallar:

CoLearning Academy
47 kunda IT - ushbu kanallarda darslar o'zbek tilida tushuntirilgan.

Shu bilan bir qatorda bir nechta foydali manbalar katoligi ham mavjud:

Learn English
YouTube channels

P.S. ushbu ro'yxatni tuzishda imkon o'zbek tilida berilgan manbalarga e'tibor qaratdik.
PS.S. rus tilini o'rganish uchun foydali manbalar ro'yxati: https://t.me/yourchanceuz/3182


@yourchanceuz #foydalimanba
2.7K views10:23
Ochish/sharhlash
2021-01-22 09:36:51
AQLLI AVLOD LOYIHASI

Sana:
22-yanvar 2021-yil
Soat: 14:00 - 16:00
Manzil: Kitob olami

"Aqlli Avlod" safida bo'lishni istaganlar 22-yanvar kuni 14:00 da "Kitob olami" da sizni kutamiz, moddiy narsalar emas, qizg'in muhokama va kerakli bilimlar ulashiladi. "Aqlli Avlod" loyihasining spikerlari:

• Nigina Sodikova
• Jamshid Boboyev
• Barno Xolikova

#milliy #ycstadbir #ycuchrashuv

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
3.2K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2021-01-21 18:01:00
TOKIYO UNIVERSITETIDA AMALIYOT DASTURI

Muddat:
1-fevral 2021-yil

“UTSIP Kashiwa” dasturi talabalarga Tokiyo Universitetida ilmiy izlanishlarga asoslangan amaliyot imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu dastur Tokiyo Universitetining Graduate School of Frontier Sciences maktabi tashabbusi bilan tashkil qilingan bo’lib, nomzodlar biologiya, kimyo, atrof-muhitni o’rganish, IT, xalqaro ta’lim, okean Ilmi, fizika, barqarorlik ilmini o’rganish va boshqa bo’limlarda malaka oshirishlari mumkin.

#xalqaro #ycstajorlik

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2021-01-21 16:01:09
Axborot hamkori sifatida sizga bir yoshlarbop loyihani taqdim etishdan shodmiz - tanishing Hello YOUTH!

Siz endi turli sohalarda yetakchilik qilib kelayotgan, o'zining ilmi, salohiyati bilan atrofdagilarga ham nafi tegayotgan yoshlar hayotni, faoliyati, turli xildagi mavzularga bo'lgan munosabatini Hello YOUTH interaktiv jurnalida kuzatib borishingiz mumkin. O'zingiz uchun manfaat olishingizni Hello YOUTH kafolatlaydi .

Maqsad - sizni katta natijalarga ilhomlantirish, bu yo'lda siz duch kelishingiz mumkin bo'lgan qiyinchilik-u muammolar yechimlarni tengdoshlaringiz tilidan sizga yetqazish.

Shior esa, "KELAJAK SENDAN BOSHLANADI", harakat esa, loyiha ijtimoiy tarmoqlari bilan tanishishdan boshlanadi

YouTube/Instagram

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.2K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-01-21 13:30:10
KARYERA UCHUN ENG MUHIM KURS

Muddat:
31-yanvar 2021-yil

LinkedIn'ning eng mashhur kursi endi bepul! Faqat qisqa muddatga! Agar orzuingizdagi ishni izlayotgan bo'lsangiz, tezda harakat qilishga va eng muhimi kuchli CV ga ega bo'lishingiz lozim. Ushbu kurs har qanday kishiga yetishmayotgan rezyumeni tayyorlash, rezyume bo'shliqlari va bo'sh ish o'rinlarini qanday topish va yakuniy hujjat uchun to'g'ri formatni tanlashni o'rgatadi. Shoshiling, muddat yakuniga qadar foydali manbadan unumli foydalanib qoling!

#xalqaro #yckurs #ycfoydalimanba

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2021-01-21 10:01:15
"UNIVERSE VOLONTYORLAR MAKTABI"GA QABUL

Muddat:
21-yanvar 20:00 (obunachilarimiz uchun)

"Volontyorlar maktabi" - yoshlarni bir nuqtada bir maqsad yo'lida birlashtiruvchi yakdil platformadir. Maktabning 1-mavsumi 23-yanvardan 3-aprelga qadar davom etib, mutaxassislar tomonidan 11 ta dars o'tkaziladi! "Volontyorlar maktabi" online va offline tartibda o'tkazilib, 1-mavsum ishtirokchilar soni - chegaralanmagan!

#milliy #ycvolontyorlik

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.4K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-01-20 08:20:00
BIOTEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI STARTAPLAR QABULI

Muddat:
5-fevral 2021-yil

Ilg‘or Texnologiyalar Markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida C.A.T. Science Accelerator Biotech ilmiy akseleratoriga biotexnologiyalar sohasidagi startaplar qabulini e’lon qiladi. Akseleratorga Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biotexnologiyalar sohasidagi ilmiy startaplar taklif etiladi.

#xalqaro #yckurs

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
2.6K views05:20
Ochish/sharhlash
2021-01-19 13:34:36
KOREYA TA'LIM MARKAZIDA BEPUL KOREYS TILI KURSLARI

Muddat:
24-yanvar 2021-yil
Manzil: Toshkentdagi koreys ta’lim markazi

Toshkentda joylashgan koreys ta’lim markazi bepul koreys tili kurslari uchun qabul boshlanganligini e’lon qiladi. 1-kursdan to 6-kursgacha qabul boshlanib , 1-kurs uchun o’quvchilar passport skaner formasi va yaqin 6 oy davomida olingan 3x4 rasm topshirilishi kerak bo’lsa, qolgan kurslar uchun koreys imtihoni sertifikati yoxud avval shu markazda kursni tamomlaganlikni isbotlovchi sertifikar ham qo’shimcha talab qilinadi.

#milliy #yckurs

@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
3.7K views10:34
Ochish/sharhlash