Get Mystery Box with random crypto!

TikTok Oʻzbekiston / Qisqa videolar muammosi / Millionlab yosh | YouKey

TikTok Oʻzbekiston / Qisqa videolar muammosi / Millionlab yoshlarni ergashtirgan online masxarabozlar / Piar uchun qilingan

Yosh bola pichoq oʻynayotgan vaqtda YECHIM UNING QOʻLIDAGI PICHOQNI OLIB QOʻYISH EMAS! Pichoq oʻynash notoʻgʻri ekanligini tushuntirishdir.

Agar bolaga indamay, shunchaki pichoqni olib qoʻysangiz bola endi yangi pichoq topadi, va uning nazarida unga yomonlik qilganingiz uchun sizni yomon koʻrib qolishi ham mumkin.

Pichoq bilan odamlarga jarohat yetkazish, qoʻrqitish hatto qotillik qilish ham mumkin lekin bu degani pichoq yomon degani emas farzandingizni tarbiyalang! (Tiktok yomon degani emas Yoshlarni tarbiyalang! Yoshlarnini tarbiyalang! Yoshlarni tarbiyalang!)

Shu pichoq bilan ovqat qilish, roʻzgʻorda foydalanish va boshqa qancha yaxshi ishlar qilish mumkin! Nimaga bu darajada sayoz oʻylaymiz a?

Tiktokda mentalitetimizga, dinimizga, siyosatimizga mos kelmaydigan postlar qoʻyayotgan yoshlar tiktok qonunan taqiqlansa shunchaki yoʻq boʻlib qolishadi deb oʻylaysizmi?

Yoʻq ular shu kunning oʻzidayoq katta ehtimol bilan "Youtube Shorts" ga oʻtishadi Youtube shorts user interfeysi va algoritmi tiktokga juda oʻxshash va youtube ayni vaqtda uni judayam tezlik bilan yanada takomillashtiryapti.

Hozirgi vaqtda tiktok bloklanganiga qaramay har kuni millionlab oʻzbeklar VPN dasturlari orqali noqulayliklar bilan boʻlsa ham qisqa videolar koʻrish uchun tiktokga kirishyapti. Demak tiktok aniqrogʻi QISQA VIDEOLAR OʻZBEK XALQI EHTIYOJI xalq baribir ehtiyojini qondiradi. Tiktok bloklanishi bilan odamlar tiktok alternativini qidirishni boshlaydi.

Men oʻzim tiktokni bir necha oʻnlab alternativlarini sanab bera olaman hozirda ularning eng yaxshisi Youtube Shorts boʻlib chiqadi. Agar Oʻzbekistonda tiktok taqiqlansa youtube shorts tez fursatda tiktokdanda koʻproq ommalashishi aniq.

Ha bu haqiqat katta ehtimol bilan Oʻzbekistonda Youtube Shorts tiktokdan oʻtib ketadi. ENG ACHINARLISI YOUTUBEDAGI VAQTINI QADRLOVCHI AUDITORIYANI HAM TIKTOKDAN KELGAN QISQA VIDEO ISHLAB CHIQARUVCHILARI OʻZ MUXLISIGA AYLANTIRISHI ANIQ. Nega jahlingiz chiqyapti axir siz ularga hech narsa demay tiktokni taqiqlagansiz ular yangi tiktok topdi. (Farzandingizni tarbiyalamay pichoqni olib qoʻygansiz u yangi pichoq topdi)

Tiktokni telefoningizga yuklab olishingiz kerak youtube esa barcha android telefonlarga yozib yuborilgan oʻzbeklar IOS ishlatmaydi. Barcha internetga ulangan telefonlarda google akkaunt bor bu degani youtube profil ham bor = OʻZBEKISTONDAGI BARCHA INTERNETGA ULANGAN TELEFONLARDA YOUTUBE SHORTS BOR.

Qolaversa Oʻzbekiston boʻylab 10 milliondan ortiq insonda har kuni qisqa videolar koʻrishga kuchli ehtiyoj bor (Ular tiktokning Oʻzbekistondagi kunlik foydalanuvchilari)

2021-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda eng koʻp faol foydalanuvchiga ega tarmoqqa aylangan, dunyo boʻylab 1 millard oylik faol foydalanuvchiga ega TIKTOK YAGONA EMAS. Uning alternativlari koʻp, kundan kunga koʻpayib boryapti va ular bemalol tiktok oʻrnini bosa olishadi. 2020-yildan barcha katta ijtimoiy tarmoqlar qisqa videolarni qoʻllab quvvatlay boshladi. Qisqa videolar ijtimoiy tarmoqlarda burilish qildi bu qandaydir boshqacha kontent turi.

Yetib borgan boʻlsa muammo tiktok dasturi emas MUAMMO QISQA VIDEOLAR. Agar Oʻzbekistonda tiktok qonunan taqiqlansayu Youtube Shorts tiktokga aylansa Youtubeni ham taqiqlash kerak! Youtube yoshlarimiz maʼnaviyatini buzadi! Gʻalati eshitilarkan.

Iltimos oʻzingiz tiktoker boʻlganingiz uchun deb boshlanadigan sharh yozmang men bloggerman va barcha tarmoqlarda ishlay olaman.

Tiktok Oʻzbekistonda taqiqlangani maqulmi? Yoki qolgani fikringizni yozib qoldiring!

@jalolmurad